CHSBTEST.UZ platformasi (chsbtest.uz) brauzeringizda cookie fayllari va mahalliy xotiradan (localStorage) foydalanadi. Bu sahifada ular nima uchun kerakligi va qanday boshqarilishi tushuntiriladi.
1. Cookie nima
- Cookie — sayt brauzeringizda saqlaydigan kichik matnli fayl. U tizimga kirganingizni eslab qolish, tanlagan tilni saqlash va saytni xavfsiz ishlatish uchun kerak.
2. Zarur cookie fayllari (doim yoqiq)
- CHSBSESS — tizimga kirish sessiyasi; brauzer yopilganda yoki faolsizlikdan keyin tugaydi.
- chsb_rm — «Meni eslab qol» belgilansa, 30 kungacha qayta kirmasdan ishlash uchun (o'quvchilar uchun ishlatilmaydi).
- lang, theme — tanlagan til va mavzu, 1 yil.
- chsb_exN — test paytida svet yoki internet uzilsa, testni davom ettirish uchun; test tugagach eskiradi.
- chsb_cc — cookie bo'yicha tanlovingiz, 1 yil.
- Bularsiz Platforma ishlay olmaydi, shuning uchun ular uchun alohida rozilik so'ralmaydi.
3. Statistika cookie fayli (faqat roziligingiz bilan)
- chsb_vid — tasodifiy kalit; saytga qaytib kelgan tashrifchilar sonini hisoblash uchun, 400 kungacha. IP manzil yozilmaydi, ma'lumot faqat umumlashtirilgan statistikada ishlatiladi.
- Rozilik bermasangiz, bu fayl o'rnatilmaydi; tashriflar shaxsni aniqlamagan holda faqat sessiya davomida hisoblanadi.
4. Mahalliy xotira (localStorage)
- Menyu holati, test sahifasidagi shrift o'lchami, forma qoralamalari va test javoblarining zaxira nusxasi (internet uzilganda javob yo'qolmasligi uchun). Bu ma'lumotlar faqat sizning brauzeringizda qoladi.
5. Uchinchi tomon cookie fayllari
- Platforma reklama yoki kuzatuv tizimlarining cookie fayllaridan foydalanmaydi. E'londa YouTube videosi bo'lsa, u youtube-nocookie.com orqali, kuzatuvsiz rejimda ochiladi.
6. Qanday boshqarish mumkin
- Sahifa pastidagi «Cookie sozlamalari» havolasi orqali tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin.
- Brauzer sozlamalarida cookie fayllarini o'chirish yoki bloklash mumkin, ammo zarur fayllar bloklansa, tizimga kirib bo'lmaydi.
- Tahrir: 1-tahrir, 25.10.2026.
